Dars rejasini 5 daqiqada qanday tuzish mumkin
Dars rejasi yozish — o'qituvchining eng ko'p vaqt sarflaydigan ishlaridan biri. Mavzuni o'rganish, maqsadlarni belgilash, faoliyat turlarini tanlash, vaqtni taqsimlash — buning barchasiga kamida 2-3 soat ketadi.
Inaro bilan bu jarayon 5 daqiqaga qisqaradi. Qanday qilishni ko'rsatamiz.
Qadam 1: Inaro chatga kiring
inaro.uz saytiga kiring va Chat bo'limini oching. "Dars rejasi" tezkor amalini bosing yoki o'zingiz yozing.
Qadam 2: Aniq so'rov yozing
AI ga qancha aniq yozsangiz, natija shuncha yaxshi chiqadi. Yaxshi so'rov namunasi:
5-sinf matematika, "Kasrlar" mavzusi, 45 daqiqalik dars. Dars rejasi tuzing: maqsad, usullar, dars borishi (tashkiliy qism, yangi mavzu, mustahkamlash, uyga vazifa), kerakli jihozlar.
Qadam 3: Natijani ko'rib chiqing
AI bir necha soniyada to'liq dars rejasi tayyorlaydi:
- Darsning maqsadi va vazifalari
- O'quv usullari
- Dars borishi (vaqt taqsimoti bilan)
- Kerakli jihozlar va materiallar
- Uyga vazifa
Qadam 4: Kerak bo'lsa, o'zgartiring
Natija to'liq mos kelmasligi mumkin. Shunchaki qo'shimcha yozing:
Interaktiv o'yin qo'shing mustahkamlash qismiga. Vaqtni 40 daqiqaga qisqartiring.
AI dars rejani yangilaydi.
Qadam 5: DOCX yuklab oling
Tayyor dars rejani bir tugma bilan Word hujjatiga yuklab oling. Chop etib, daftaringizga qo'ying — tamom.
Professional maslahatlar
Konsensus rejimi ishlatib ko'ring. Bir xil so'rovni bir nechta AI modelga bering — har birining javobini solishtiring va eng yaxshisini tanlang.
Faningiz bo'yicha maxsus atamalar ishlating. "Matematika" emas, "5-sinf matematika, algebra asoslari" — qancha aniq bo'lsa, natija shuncha sifatli.
Davom ettirishni so'rang. Birinchi natija yoqmasa, "buni yaxshila", "qisqartir", "boshqacha yoz" deb yozing — AI tuzatadi.
Necha soat tejaysiz?
| Ish | Qo'lda | Inaro bilan |
|---|---|---|
| Oddiy dars rejasi | 1-2 soat | 3-5 daqiqa |
| Metodik ishlanma | 3-5 soat | 10-15 daqiqa |
| Haftalik reja | 4-6 soat | 20-30 daqiqa |
Bir yilda bu yuzlab soatni tejash demak.
Hoziroq sinab ko'ring
inaro.uz ga kiring, "Dars rejasi" tugmasini bosing va mavzuingizni yozing. 5 daqiqadan keyin tayyor dars reja qo'lingizda bo'ladi.
Telegram kanalimiz: @inaroai — yangi imkoniyatlar va maslahatlar
